Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya tog‘larida ikki metr qalinlikda qor yog‘di (foto)

Turkiya tog‘larida ikki metr qalinlikda qor yog‘di (foto)

Foto: «Hurriyet»

Turkiyaning Sharqiy Qoradengizbo‘yi hududida kuchli qor yog‘ishi kuzatilmoqda, ayrim joylarda qorning qalinligi ikki metrga yetdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar berdi.

Qor ko‘p yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi sababli Trabzon, Riza, Artvin va Giresun shaharlari maktablarida boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun darslar bekor qilingan.

Qor yog‘ishidan tog‘li hududlar eng ko‘p qiynalmoqda. Ayrim qishloqlarda ko‘chalar va uylarni qor bosib qolgan.

Ushbu hududlarning ko‘chalari torligi uchun maxsus texnika kira olmaydi. Odamlar o‘z uylarini kurab, qor ostidan chiqarib olishyapti, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring