Turkiya terrorchilardan qasos oldi
Turkiya mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi terrorchilarga qarshi havo operatsiyasi o‘tkazganini ma’lum qildi. Havo operatsiyasi natijasida terror tashkilotining 20 ta nishoni yo‘q qilingan.
Vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chop etilgan bayonotda, terrorichilar qasosdan qochib qutula olmasligi ta’kidlandi: «Terrorizmga qarshi kurash bitta ham terrorchi qolmagunicha tugamaydi».
Havo hujumlarida terror tashkilotining yuqori martabali a’zolariga boshpana bergani aytilgan g‘or, boshpana, bunker va omborlardan iborat jami 20 ta joy vayron qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida xudkush o‘zini portlatib yuborgan edi. Rasmiy ma’lumotda xudkushning sherigini politsiya otib o‘ldirgani aytiladi. Hujum oqibatida ikki politsiyachi yaralandi. Hukumat bu hodisani terror sifatida baholadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter