Turkiya tarixidagi birinchi suvosti kemasi suvga tushirildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat o‘z tarixidagi ilk suvosti kemasini suvga tushirganini ma’lum qildi, deya xabar berdi «Kp.ru».
Erdo‘g‘onning aytishicha, 2027-yilgacha Anqara yana beshta ana shunday kemali bo‘ladi va O‘rta yer dengizida, xususan, Suriya va Liviya dengiz akvatoriyalarida o‘z huquqini munosib himoya qiladigan bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, turklarning «Piri Reis» submarinasi 1850 tonna og‘irlikka ega, uzunligi — 68,3 metr, eni — 6,3 metr. Ekipaj 40 kishilik bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter