Turkiya parlamentida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)
Turkiya Buyuk Millat Majlisida muxolif partiya vakilining prezident Rajab Erdo‘g‘onga atalgan so‘zlari sabab katta mushtlashuv bo‘ldi. Bu haqda «Milliyet» xabar tarqatdi.
Janjal hukmron «Adolat va taraqqiyot partiyasi» va muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
Erdo‘g‘on partiyasi a’zolari asosiy muxolifat partiyasining fraksiyasini boshqarayotgan Engin Ozkochning bayonotidan g‘azablangan deya taxmin qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, muxolifat Turkiya prezidentini Suriyaga nisbatan siyosati uchun tanqid qilgan, shundan keyin ko‘p sonli deputatlar ishtirokida janjal boshlangan.
Anqara bosh prokuraturasi Engin Ozkochga qarshi «prezidentni haqorat qilgani» uchun ish qo‘zg‘atgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Suriyaning Idlib viloyatida vaziyat keskin bo‘lib turibdi. Suriya muxolifatini Turkiya, rasmiy hukumatni esa Rossiya qo‘llashda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter