Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya noqonuniy muhojirlarni yurtiga qaytarib yuboryapti

Turkiya noqonuniy muhojirlarni yurtiga qaytarib yuboryapti

Turkiyaga noqonuniy tarzda kirib borgan afg‘onistonlik muhojirlar charter reyslar orqali ortiga qaytarib yuborilmoqda. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar tarqatgan.

Turk migratsiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, bortida 227 afg‘on bo‘lgan samolyot Turkiyaning sharqiy Malatya viloyatidan afg‘on poytaxti Kobulga qarab uchgan. Charter reyslar yo‘lga qo‘yilgandan beri jami 681 ta noqonuniy migrant yurtiga qaytarilgan.

Eslatib o‘tish kerak, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda ayni paytda Turkiyada dunyo bo‘yicha eng ko‘p muhojir bor — 4 mln. Shuning uchun hukumat migratsiya siyosatini o‘zgartirib turishga majbur, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring