Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya dalalaridagi katta yong‘inda kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiya dalalaridagi katta yong‘inda kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiya janubi-sharqidagi qishloq xo‘jaligi dalalarida yuz bergan yong‘inlar oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 70 dan ziyod inson jarohat oldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja 21-iyun kuni bayonot berdi.

Jarohatlanganlarning 10 nafari og‘ir holatda, ularga mahalliy shifoxonalarda yordam ko‘satilyapti, dedi vazir.

Diyorbakir viloyatining qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanida oqshom yuz bergan kuchli shamol katta yong‘in keltirib chiqargan va qo‘shni Mardir viloyatiga ham o‘tib ketgan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya 21-iyun kuni bergan bayonotga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in tarqalishini to‘xtatishgan, ammo uni o‘chirish davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring