Turkiya Buyuk millat majlisida deputatlar qasamyod qilayapti
Turkiyada shu yil 24-iyun kuni o‘tkazilgan parlament saylovida g‘alaba qozongan deputatlar qasamyod qila boshladi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
An’anaga ko‘ra, hukumat va parlament a’zolarini shakllantirib olish uchun Buyuk millat majlisiga vaqtincha eng keksa deputat boshchilik qilib turadi.
Antaliyadan saylangan Deniz Baykalning betobligi tufayli ayni paytda parlament umumiy kengashiga «Iyi» («Yaxshi») partiyasining Anqaradan saylangan deputati Durmush Yilmaz raislik qilayapti.
Buyuk millat majlisidagi qasamyod qilish marosimida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qatnashmoqda.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onning qasamyod qilish marosimi dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter