Turkiya Antarktidada ilmiy baza qurmoqchi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2019-yilgacha Antarktidada ilmiy baza qurishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu borada u o‘zining «Twitter» sahifasida yozgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Antarktidada allaqachon 30 ta davlatning ob’yektlari mavjud. Hozircha Turkiya qutbiy ilmiy stansiyalarga ega emas. 2019-yildan esa vaziyat o‘zgaradi.
«2019-yili biz Antarktidada ilmiy baza quramiz. Shunday qilib Turkiya Antarktidada ilmiy bazalari bor davlatlar kabi g‘alaba qozongan mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi. Bugungi davr kelajak uchun global qarashlarni talab qiladi. Davr Turkiyaning gullab-yashnash davridir», – deb yozgan Erdo‘g‘on.
Turkiya 1959-yili Vashingtonda imzolangan Antarktida shartnomasiga a’zo davlatlardan biridir. Shartnomaga binoan Turkiya Antarktidaning janubiy hududida ilmiy faoliyat olib borishi mumkin.
Ayni paytda shartnomaga 50 dan ortiq davlat qo‘shilgan. Ular orasida Rossiya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Yevropa davlatlari bor.
Antarktidada ayni paytda 20 ta davlatning 90 ga yaqin doimiy va mavsumiy 90 ta bazasi ishlab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter