«Turkish Airlines» endi boshqa nom ostida uchadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aviakompaniya samolyotlari fyuzelyajlarida inglizcha o‘rniga turkcha nom bo‘lishi kerakligini aytganidan so‘ng, «Turkish Airlines» o‘z nomini o‘zgartirishga qaror qildi.
2017-yilda «Turkish Airlines» xususiylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxatidan chiqarilib, aviakompaniya aksiyalarining 49,1 foizi Turkiya Milliy farovonlik jamg‘armasiga o‘tkazilgandi. Jamg‘arma hujjatlarida kompaniya nomi turk tilida «Türkiye Havayolları» (Turkiya havo yo‘llari) deb ko‘rsatilgan. 2015-yilgi ro‘yxatga olish hujjatlarida ham shu nom turibdi.
«Turkish Airlines» 1933-yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaliga ichki parvozlar bilan shug‘ullangan. 1947-yildan xalqaro parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Aviakompaniya 120 mamlakatning 220 xalqaro aeroportiga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, BMT 1-iyun kuni Turkiyaning rasmiy hujjatlardagi nomini Turkey (inglizcha)dan Türkiye (turkcha)ga almashtirish bo‘yicha murojaatini qanoatlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter