Turkiyalik paraplanchi televizor ko‘rib divanda parvoz qildi (Video)
Izmirlik paraplanchi osmonda o‘ziga qulaylik yaratish uchun paraplaniga divan, torsher va televizorni ham joyladi, deya xabar berdi «Upi».
29 yoshli Hasan Kaval osmonda kichik mehmonxona yaratish niyatini amalga oshirdi. U paraplaniga qizil divan, torsher va televizorni o‘rnatdi. Hasanning kasbi — paraplandan foydalanishni o‘rgatish. U havoda o‘zini qushdek yengil his qiladi.
Hamkasblari mini-mehmonxonani tog‘dan uchirib yuborishga yordamlashvorishgan xolos. Keyin u «Gopro» ekshn-kamerasi yordamida parvozini videoga muhrladi. Kadrlarda uning chips yeb, gaz suv ichayotganini, televizorda multfilm tomosha qilayotganini ko‘rish mumkin.
Parvoz qanday boshlangan bo‘lsa, shunday ajoyib tugadi. Hasanning so‘zlariga ko‘ra, bu tryuk odamlar paraplanda parvozning xavfsizligiga ishonch hosil qilishi va uni o‘rganishdan qo‘rqmasligi uchun tayyorlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter