Trampning harakati Zelenskiyning noroziligiga sabab bo‘ldi
![Trampning harakati Zelenskiyning noroziligiga sabab bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2634841164.jpeg)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar tinchlik muzokaralari Kiyev va Yevropa davlatlarining ishtirokisiz o‘tkazilsa, natijalarini qabul qilmasligini aytdi.
Tramp va Putin o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatga izoh berar ekan, u AQSh yetakchisining avvaliga Moskva bilan bog‘lanib, keyingina unga qo‘ng‘iroq qilganidan xafa bo‘lganini tan oldi.
"Men u birinchi navbatda Rossiya bilan gaplashganini ustuvor deb bilmayman. Bu unchalik yoqimli emas", deya ta’kidladi Zelenskiy.
Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, u ikki tomonlama tinchlik muzokaralari Kiyev va uning yevropalik hamkorlari ishtirokisiz o‘tadigan bo‘lsa, uni qabul qilmoqchi emas. Uning fikricha, Ukrainaga oid hech qanday masala mamlakatsiz muhokama qilinmasligi kerak.
Tramp bilan suhbat chog‘ida Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini so‘radi.
" Xavfsizlik kafolatlari, albatta, biz uchun ustuvor vazifadir. Va biz AQShsiz hech qanday kafolatni ko‘rmayapmiz", dedi Vladimir Zelenskiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter