Trampning «egizagi topildi»
Ispaniyaning Galisiya viloyatida yashovchi 64 yoshli Dolores Leys Antelo ismli fermer ayol AQSh prezidenti Donald Trampga egiz kabi o‘xshashi tufayli mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda «Sabah» xabar tarqatgan.
Dolores Leys Anteloning surati ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib, hammani hayratga soldi.
Qo‘l telefoni, kompyuteri ham bo‘lmagan bu ayolni «La Voz de Galicia» gazetasi muxbiri Paula Vaskesning suhbati mashhur qilib yubordi.
Suhbat gazetada suratlari bilan chop etilgach, Dolores Leys Antelo AQSh prezidentiga egizak kabi o‘xshashi haqida xabarlar chop etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter