Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning ayblovi va Kapitoliyga hujum amerikaliklarga qimmatga tushdi

Trampning ayblovi va Kapitoliyga hujum amerikaliklarga qimmatga tushdi

Foto: «M24.ru»

Donald Trampning 2020-yil noyabrdagi prezidentlik saylovlaridagi firibgarliklar haqidagi ayblovlari, shuningdek, Vashingtondagi Kapitoliy binosidagi ommaviy tartibsizliklar amerikalik soliq to‘lovchilarga 519 million dollarga tushdi, deb hisoblaydi «The Washington Post».

Maqola mualliflarining qayd etishicha, davlat idoralari qo‘shimcha budjet mablag‘laridan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Masalan, ko‘plab da’volar bo‘yicha sud to‘lovlari, saylov komissiyalari xavfsizligini kuchaytirish va Kongress binosiga bostirib kirgandan keyin tiklash ishlari xarajatlarni keskin oshirgan.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyining o‘rtalariga qadar Vashingtondagi Milliy gvardiya qo‘shinlarini joylashtirish uchun 480 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Yana 28 million dollar AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi xavfsizligini ta’minlashga sarflandi.

6-yanvar kuni o‘sha paytdagi Amerikaning amaldagi prezidenti Donald Trampning tarafdorlari Vashingtondagi mitingdan so‘ng Kapitoliyga bostirib kirishdi. Shu sababli, saylov natijalarini muhokama qilayotgan Kongress ishi bir necha soatga to‘xtab qoldi. Tartibsizliklar natijasida namoyish ishtirokchisi va politsiyachi halok bo‘ldi, yana uch kishi zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra olamdan o‘tdi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari tartibsizliklar ishtirokchilarini kongress binosidan chiqarib tashlagandan so‘ng kongressmenlar demokrat Jo Baydenning saylovlardagi g‘alabasini tasdiqladilar. Ko‘p o‘tmay Vakillar palatasi Trampni isyon qo‘zg‘aganlikda ayblab impichment e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring