Tramp «Yomon aktyor» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Yomon aktyor» nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin malina» mukofotida g‘olib bo‘ldi. U mazkur «sovrin»ga «Millatning o‘limi: Amerikani ikkinchi marta qutqara olamizmi?» xujjatli filmidagi ijrosi tufayli sazovor bo‘lgan. Bu haqda «The Hollywood Reporter» xabar berdi.
Trampdan tashqari ushbu antimukofotga «Sherlok Gnoms» multfilmi uchun Jonni Depp, «Xolms va Vatson»dagi roli uchun Uill Ferrell, «Gotti» uchun Jon Travolta va «O‘limga mushtoqman» uchun Bryus Uillis ham nomzodlik qilmoqda.
Shuningdek, prezidentning rafiqasi Melaniya Tramp «Ikkinchi plandagi eng yomon aktrisa» nominatsiyasida g‘olib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter