Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Yaqin Sharqning ikki davlatiga tahdid qildi

Tramp Yaqin Sharqning ikki davlatiga tahdid qildi

Foto: Reuters

Iordaniya va Misr G‘azo sektorida yashovchi falastinliklarni qabul qilishga ko‘nmasa, AQSh bu mamlakatlarga ko‘rsatilayotgan yordamni to‘xtatadi, deya bayonot berdi prezident Donald Tramp.

Ma’lumot uchun: AQSh G‘azo sektorida tiklash ishlarini olib borish bahonasida falastinliklarni boshqa mamlakatlarga, birinchi navbatda, Misr va Iordaniyaga butunlay ko‘chirib yubormoqchi. Trampning rejasi aksariyat mamlakatlar va nufuzli tashkilotlarning jiddiy noroziligiga sabab bo‘ldi. 

Tramp G‘azo sektori tiklanganidan so‘ng bu yerga falastinliklar qaytarilmasligini o‘z og‘zi bilan aytgandi. Uning rejasiga ko‘ra, urush vayron qilgan G‘azo sektorini AQSh o‘z nazoratiga oladi va bu yerni iqtisodiy rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, ammo falastinliklar qaytib kelmaydi.

BMTning bosib olingan Falastin hududi bo‘yicha komissiyasi raisi Navi Pilley Trampning falastinliklarni G‘azo sektoridan ko‘chirib yuborish rejasini etnik tozalashga tenglashtirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring