Tramp: Vashingtondagi mudhish halokatda tirik qolganlar yo‘q

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Vashington osmonida halokatga uchragan samolyotda hech kim omon qolmagan.
Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Avvalroq Vashington okrugi yong‘in xavfsizligi boshlig‘i Jon Konelli halokatda tirik qolganlar yo‘qligi ehtimoli borligini aytgan edi.
30 yanvar kuni Vashingtonda samolyot daryoga qulab, halokatga uchradi. Samolyotda 60 yo‘lovchi bo‘lgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev halokat sabab Trampga hamdardlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter