Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp o‘z uyida xorijiy davlatlarning yadroviy salohiyati haqida maxfiy hujjatlarni saqlagani oshkor bo‘ldi

Tramp o‘z uyida xorijiy davlatlarning yadroviy salohiyati haqida maxfiy hujjatlarni saqlagani oshkor bo‘ldi

AQSh Federal qidiruv byurosi(FQB) sobiq prezident Donald Trampning Floridadagi qarorgohini tintuv qilish chog‘ida xorijiy davlatlarning harbiy salohiyati va ularning yadroviy imkoniyatlarini tavsiflovchi maxfiy hujjatni topdi. Bu haqda The Washington Post materialida aytiladi.

Oldinroq razvedka idoralari AQSh Milliy arxivlar va yozuvlar boshqarmasi so‘roviga qaramay, sobiq prezident barcha maxfiy hujjatlarni qaytarmagan deb gumon qilgan edi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, qidiruv natijalari AQSh rasmiylari Trampga qarshi «maxfiy ma’lumotlarni qasddan noto‘g‘ri ishlatish» ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin.

Avvalroq, Tramp FQB tomonidan qo‘lga kiritilgan lentalar maxfiylikdan chiqarilganligini va agentlar tomonidan topilgan dalillar ular tomonidan tashlab qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring