Tramp: «Muhammad Alini afv etishim mumkin»
AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy xizmatni ado etmagani uchun aybdor deb topilgan mashhur bokschi Muhammad Alini afv etishini ma’lum qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
2016-yili vafot etgan Muhammad Ali 1967-yili Vetnam urushiga borishdan bosh tortgani tufayli aybdor deb topilgan edi. 1971-yili AQSh Oliy sudi uni oqlagan.
Oq uydan «G7» sammitiga ketayotib jurnalistlar bilan uchrashuvda Tramp: «Muhamad Alini afv etishni o‘ylayapman», – degan.
«Trampning tuyg‘ularini anglab turibman. Lekin marhum Muhammad Ali afvga muhtoj emas», – degan bokschining advokati Ron Tvil.
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karterning 1977-yili harbiy xizmatga bormaganlar uchun chiqargan afv farmoni mashhur bokschiga ham tegishli edi.
AQSh prezidenti ayni paytda adolatsizlikka uchragan 3 ming nafar fuqaroni afv etishni o‘ylayotganini aytgan.
Tramp so‘nggi bor giyohvandlik tufayli umrbod ozodlikdan mahrum qilingan 63 yoshli Alisa Jonsonni afv etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter