Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Milliy razvedka rahbarini yangilamoqchi

Tramp Milliy razvedka rahbarini yangilamoqchi

Deniyel Kouts.

Foto: «TrueInform.ru»

AQSh Milliy razvedkasi rahbari o‘zgaradi. Bu haqda prezident Donald Tramp «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Mamnuniyat bilan shuni xabar qilamanki, texaslik muhtaram kongressmen Jon Retkliffning nomzodini men Milliy razvedka direktorligiga taklif qildim», — deb yozdi Tramp.

Prezident ma’lum qilishicha, razvedkaning amldagi rahbari Deniyel Kouts 15-avgustdan kursisini bo‘shatadi. Davlat rahbari mamlakatga «ajoyib xizmati» uchun unga minnatdorlik bildirdi.

«Direktor vazifasini bajaruvchining nomi tezda e’lon qiladi», — qo‘shimcha qildi prezident.

Jon Retkliff. Foto: «The Texas Tribune»

Retkliffning nomzodi endi Kongress senati tomonidan tasdiqlanishi shart.

Kouts iste’foga hozirlik ko‘rayotgani haqida «The New York Times» yozgandi. Gazeta talqiniga ko‘ra, ko‘p masalalarda, xususan, Rossiya masalasida prezident va razvedka boshlig‘i til topisha olmagan.

Tramp Amerika razvedkasini ko‘p marotaba tanqid ostiga olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring