Tramp kongressmen-demokrat ayollarga «kelgan joyi»ga qaytib ketishni taklif etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni qanday boshqarish kerakligini aytayotgan Demokratlar partiyasining Kongressdagi ayrim vakilalarini tanqid qildi va ularga kelgan joyiga qaytib ketishni maslahat berdi.
Tramp aniq nomlarni tilga olmadi, biroq quyidagi tvitida Demokratlar partiyasining ayrim «ilg‘or» vakilalari asli qayerlik bo‘lsa, o‘sha mamlakatga qaytib ketishlari mumkinligiga sha’ma qilgan.
So interesting to see “Progressive” Democrat Congresswomen, who originally came from countries whose governments are a complete and total catastrophe, the worst, most corrupt and inept anywhere in the world (if they even have a functioning government at all), now loudly......
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 14 iyulya 2019 g.
Kim bilsin, ehtimol AQSh prezidenti Aleksandriya Okasio-Kortes (ota-onasi Puerto-Rikodan), Elhan Umar (bolaligida AQShga Somalidan kelgan) va Rashida Tlaib (tomirida falastin qoni oqmoqda)larni nazarda tutgandir.
Qizig‘i, Tramplar oilasining «Amerika tarixi» ham unchalik eskimas. Donald Trampning ota tomondan buva va buvisi nemis muhojirlari bo‘lishgan. Frederik Trump (buvasi) 1885-yili Amerikaga kelgan, yetti yildan keyin fuqarolikni olgan.
Donald Trampning onasi — Meri Enn Maklaud (1912—2000) asli shotlandiyalik bo‘lib, AQShga birinchi marta 18 yoshida kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter