Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp G‘azoni Vashingtonning katta ko‘chmas mulki sifatida ko‘rmoqchi

Tramp G‘azoni Vashingtonning katta ko‘chmas mulki sifatida ko‘rmoqchi

Donald Tramp Vashingtonning katta ko‘chmas mulkni qo‘lga kiritishini nazarda tutuvchi G‘azo sektoridan falastinliklarni ko‘chirish bilan bog‘liq rejasini tasdiqlagan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Buni siz Qo‘shma Shtatlar egalik qilishi mumkin bo‘lgan katta ko‘chmas mulk sifatida o‘ylab ko‘ring. Biz bu rejaga asta-sekin, shoshilmasdan boramiz, amalga oshiramiz», – degan Tramp jurnalistlarga.

U yana bir bor Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar ko‘chirilgan falastinliklarni qabul qilishlari mumkinligini ta’kidladi va «falastinliklar yoki G‘azo sektorida yashovchi boshqa odamlarga u yerga qaytishga ruxsat berish katta xato bo‘lishi»ni va HAMASning G‘azoga qaytishini istamasligini ta’kidlagan.

Mintaqa yetakchilari avvalroq Trampning G‘azo aholisi uchun rejasini rad etgan edi. CNN bu hafta Amerika rahbarining Iordaniya qiroli Abdulla II bilan Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi asosiy mavzusi shu bo‘lishi kutilayotganini yozadi.

The Jerusalem Post gazetasi Trampning rejasini sharhlar ekan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu kongressmenlarning ushbu rejani qo‘llab-quvvatlashi yo‘lida harakat qilayotganini yozadi. O‘tgan hafta Vashingtonga tashrifi chog‘ida Netanyahu amerikalik qonunchilar bilan uchrashib, ularni rejani qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Isroil tomoni, shuningdek, Amerika OAVlari bilan faol aloqada bo‘lib, ularni G‘azo aholisini ko‘chirishga ko‘maklashishga undamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring