Tramp farmon imzolash tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining o‘n kunlik faoliyati davomida 38 ta farmonni imzoladi.
Axios hisob-kitoblariga ko‘ra, u farmon imzolash tezligi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarning zamonaviy tarixidagi barcha Amerika prezidentlari orasida yetakchiga aylandi.
Reytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini Oq uyning 46 va 33-rahbarlari Jo Bayden va Garri Trumen egallagan. Ular hukmronligining birinchi yuz kunida 40 dan ortiq farmonlar chiqardilar.
Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida uning saylovdagi g‘alabasi Amerika uchun «oltin asr» bo‘lganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, u «radikal so‘llarning siyosatini o‘zgartirish uchun shoshilinch choralar ko‘rgan». Janob Tramp imzolagan birinchi qonunlardan biri noqonuniy muhojirlarning janubiy chegara orqali kirishini to‘xtatib, ularni chiqarib yuborish edi. Bundan tashqari, Donald Tramp rasmiylarga AQShda tug‘ilgan bolalarga fuqarolik bermaslikni buyurdi.
U gender siyosatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonlarni ham imzoladi: endi AQShda faqat erkak va ayol jinsi tan olinadi va davlat voyaga etmaganlarning jinsini o‘zgartirishni moliyalashni to‘xtatadi. Trampning ko‘plab ijro farmoyishlari inklyuziya va tenglik siyosatiga to‘xtalib o‘tgan. Prezident, shuningdek, Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1500 ga yaqin odamni afv etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter