Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eron hukumatini kurashchi Afkarini qatl etmaslikka chaqirdi

Tramp Eron hukumatini kurashchi Afkarini qatl etmaslikka chaqirdi

Foto: «Mir24.tv»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Twitter» orqali eronlik taniqli yunon-rum kurashchisi Navid Afkariga tayinlangan o‘lim jazosini bekor qilishini so‘rab Eron hukumatiga murojaat qildi.

Eron Oliy sudi bir qancha musobaqalar sovrindori 27 yoshli Navid Afkari Sanjarini hukumatga qarshi aksiyalarda faol ishtirok etgani uchun ikkita o‘lim jazosiga hukm qilingani to‘g‘risida xabar bergandik.

«Eshitishimcha, Eron kurash bo‘yicha mashhur va buyuk «yulduz» — 27 yoshli Navid Afkarini qatl etishga urinyapti. Uning aybi bor-yo‘g‘i hukumatga qarshi ko‘cha namoyishlarida ishtirok etgani hisoblanadi. O‘sha namoyish ishtirokchilari mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi va inflyasiyaga qarshi norozilik bilan chiqishgan. Eron yetakchilari, qatl etishni bekor qilib, yosh yigitning hayotini saqlab qolsalaringiz, minnatdor bo‘lardim. Rahmat!», — deb yozgan Tramp.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha bir necha karra Eron chempioni 27 yoshli Navid Afkari vatanga xiyonat qilishda ayblanib, birato‘la ikkita o‘lim jazosiga hukm qilingandi. Xabarlarga ko‘ra, Erondagi ko‘pgina sport arboblari sportchini himoya qilib chiqishgan. Afkari esa qiynoqlar ostida jinoyatlarni tan olgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil dekabrdan 2018-yilning boshlarigacha Eronning katta-katta shaharlarida bir necha kun ketma-ket norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Olomonni tarqatish paytida 25 kishi halok bo‘lgan, 400 kishi hibsga olingan. Respublika prezidenti Hasan Ruhoniy o‘shanda norozilik namoyishlari mamlakatning ichki muammosi va boshqa davlatlarning da’vosi tufayli kelib chiqqanini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring