Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Baydenni qattiq haqorat qildi

Tramp Baydenni qattiq haqorat qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi rahbari Jo Bayden «korrupsiyaga botgan, qobiliyatsiz zolim va mamlakat tarixidagi eng yomon prezident» ekanligini aytdi. 

«Men siz bilan bu mamlakatda chap qanot fashizmning kuchayishi va Oq uydagi buzuq va qobiliyatsiz zolim – Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yomon prezident bo‘lgan Jo Baydenni mag‘lub etish zarurligi haqida gaplashish uchun keldim», dedi Tramp Vashingtondagi Libertarlar partiyasining milliy qurultoyida.

U Baydenni Qo‘shma Shtatlarni «so‘z erkinligi hurmat qilinmaydigan» mamlakatga aylantirganlikda aybladi.

Tramp Oq uyning amaldagi rahbari hukmronligini zolim deb atadi va uning raqibini mamlakatdagi inflyasiyaning yuqori darajasida ham aybdor deb topdi.

«Bizning ishonchimiz komilki, mamlakatimiz uchun eng jiddiy xavf xorijdagi dushmanlardan emas, balki huquq va erkinliklarimizni ichkaridan poymol qilayotgan zolimlar, kommunistlar, fashistlar va banditlardan keladi», — dedi Respublikachilar partiyasi yetakchisi.

24 may kuni Tramp Bayden prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar jahon sahnasida hurmatini yo‘qotganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring