Tramp Amerikada o‘qiganlarga grin-karta bermoqchi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi doirasida kollej bitiruvchilariga grin-kartalarni va’da qildi.
«Agar siz kollejni tamomlagan bo‘lsangiz, menimcha, diplom bilan birga o‘z-o‘zidan grin-kartali ham bo‘lishingiz kerak», — dedi Tramp All In podkastiga bergan intervyusida.
Tramp prezident saylovida g‘alaba qozonsa, AQSh kollejlarini tamomlagan barcha xorijliklarga mamlakatda yashash huquqini taqdim etmoqchi. Grin-karta olish sharti — ikki yoki to‘rt yillik oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter