Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp agar prezident bo‘lsa, Ukrainadagi vaziyatni bir kunda hal qilishga va’da berdi

Tramp agar prezident bo‘lsa, Ukrainadagi vaziyatni bir kunda hal qilishga va’da berdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp agar prezidentlikka qayta saylansa, darhol Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Siyosatchi shu yo‘l bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni hal qilishga va’da berdi.

«G‘alabam haqida xabar topgan o‘sha oqshomda ikki kishiga – Zelenskiy va Putinga qo‘ng‘iroq qilaman va ularga «biz uchrashishimiz kerak» deb aytaman. Men hamma narsani hal qila olishimga kafolat beraman. Biz 24 soat ichida kelishuv tuzamiz», dedi AQShning sobiq prezidenti Floridada o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishida.

Ma’lumot uchun, AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan.a

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring