To‘yga kelgan mehmonlar ustiga bombalar yog‘di
Mali markazida noma’lum samolyot tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida kamida 20 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy «A Bamaco» gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Hodisa dushanba kuni kechqurun Mopti viloyati Duensa shahri yaqinidagi Bunti qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yga kelgan mehmonlar ustiga bomba yog‘dirilgan. 20 kishi jarohatlandi.
Nashr buni harbiy uchuvchilarning xatosi deb taxmin qilmoqda. Mamlakat hududida Mali harbiy havo kuchlari, «Barxan» operatsiyasini o‘tkazayotgan fransuz harbiylari va BMT missiyasining (MINUSMA) tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan, deb yozadi gazeta.
EFE axborot agentligi mahalliy hokim Adama Griabaga asoslanib, yuz kishi hujum qurboniga aylandi.
Rasmiylar hozircha vaziyatga izoh berishmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter