To‘rt mamlakat Rossiyani harbiy xarajatlar bo‘yicha ortda qoldirdi
Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari instituti (SIPRI) mamlakatlarning 2021-yildagi harbiy sarf-xarajatlarini hisobladi.
Qayd etilishicha, barcha mamlakatlarning mudofaa xarajatlari qo‘shilganda global iqtisodiyotning 2,2 foizini tashkil etdi.
Jahon mintaqalarida harbiy xarajatlar dinamikasi, 1988–2021
Butun kuzatuvlar tarixida mamlakatlarning yillik yalpi harbiy xarajatlari ilk marotaba $2 trillionlik dovondan oshdi — $2,113 trln.
Harbiy xarajatlar bobida yaqqol ustun — AQSh, keyingi o‘rinlarda va yetakchi beshlikda: Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya. Jahon mudofaa budjetining 62 foizi shu besh mamlakatga to‘g‘ri keldi.
Top-5:
- AQSh — $801 mlrd
- Xitoy — $293 mlrd
- Hindiston —$76,6 mlrd
- Buyuk Britaniya — $68,4 mlrd
- Rossiya — $65,9 mlrd.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter