Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda davlatining davomchisi deb atadi

To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda davlatining davomchisi deb atadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z mamlakatini qadimiy Oltin O‘rda davlatining vorisi deb atadi. Bu haqda u milliy qurultoydagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi, uning so‘zlaridan Nur.kz iqtibos keltirmoqda.

«Qozog‘iston Buyuk Dasht ko‘chmanchi sivilizatsiyasining bevosita davomchisidir. Oltin O‘rda, dunyoga mashhur Jo‘ji ulusi hamisha Markaziy Yevroosiyoning bepoyon kengliklarida davlat qurilishining e’tirof etilgan cho‘qqisi bo‘lib kelgan», — dedi To‘qayev.

U o‘rta asrlardagi bu qudratli davlatning geosiyosiy merosi bir qator Yevroosiyo davlatlarining, jumladan, Qozoq xonligining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, uning fikricha, Jo‘ji ulusi ham Rim imperiyasi singari Buyuk Dasht davlatlari va xalqlari uchun uzoq asrlar davomida rivojlanish mezonlarini belgilab bergan.

Oltin O‘rda o‘rta asrlar Yevroosiyo hududidagi eng yirik davlat edi. Ushbu mamlakatda Chingizxonning nevarasi Botu asos solgan, u XIII asr o‘rtasidan XV o‘rtasiga qadar hukm surdi. Oltin O‘rda O‘zbekxon hukmronligi davrida – 1313 – 1341-yillarda eng qudratli davlat bo‘lgan paytda sharqda Irtish daryosidan tortib, g‘arbda Dunay va Vengriya chegaralaridan, Polshagacha bo‘lgan; janubda quyi Amudaryo bilan Kavkazdan tortib, shimolda odam yashasa bo‘ladigan joylaru Sibir taygasiga qadar hududlarni egallagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring