To‘qayev davlatni parlament boshqarishiga munosabat bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Ana tili» gazetasiga intervyu berdi. Jurnalist prezidentdan Qozog‘iston davlat boshqaruvining parlament tizimiga o‘tishi qanchalik hayotga yaqin, deb so‘radi.
To‘qayevning aytishicha, davlatni boshqarishning parlament tizimi, albatta, yashashga haqli, biroq u sobiq ittifoq mamlakatlariga hozircha naf keltirgan emas.
«Gruziyadagi so‘nggi voqealar ushbu xulosamga yaqqol misol. Davlat boshqaruvining siyosiy tizimini tanlash o‘ta mas’uliyatli, kabinetda o‘tirib emas, faqat umumxalq referendumi yo‘li bilan qabul qilinadigan qaror. Mening «Kuchli Prezident – Nufuzli Parlament – Hisobdor Hukumat» konsepsiyam Qozog‘iston siyosiy tizimi uchun eng maqbul yechim ekaniga ishonchim komil. Biroq uni hayotga to‘laqonli tatbiq etish uchun biz hali ko‘p ter to‘kishimiz kerak. Boshqaruvning prezidentlik shakli hozir va yaqin kelajakda Qozog‘iston uchun eng yaxshisi ekaniga ishonaman», — dedi To‘qayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter