Tolibon yangi taqiqlar joriy etdi: yarim yalang‘och ayollardan tortib seriallargacha
Afg‘onistonda yozda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» a’zolari mamlakatda ayollar ishtirokidagi teleseriallar ko‘rsatilishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Islomiy yo‘nalish vazirligi ma’lum qildi.
Endilikda barcha televideniye OAVlari o‘z ko‘rsatuvlari shariat qonunlari va axloq qoidalariga mos kelishini ta’minlashi zarur. Ko‘ngilochar dasturlar diniy tuyg‘ularni kamsitmasligi kerak, kadrda ishlaydigan ayollar esa boshlariga ro‘mol o‘rashlari shart.
«Ayollar ishtirokidagi teleseriallarni translyasiya qilish taqiqlanadi. Erkaklar yoki ayollar yarim yalang‘och ko‘rinishda suratga olingan film va kliplarni ham namoyish etish taqiqlanadi», – deyiladi vazirlik bayonotida.
Bundan tashqari, vazirlik G‘arb madaniyati va turmush tarzini targ‘ib qiluvchi filmlar namoyishini taqiqlagan. Shuningdek, payg‘ambar tasvirlangan kadrlarni ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter