Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» stadionlardagi ayollar sabab sport translyasiyalarini taqiqlamoqda

«Tolibon» stadionlardagi ayollar sabab sport translyasiyalarini taqiqlamoqda

«Tolibon» harakati stadionlarda ayollar bo‘lgani uchun Afg‘onistonda kriket bo‘yicha Hindiston premer-ligasi (IPL) o‘yinlarini translyasiya qilishni taqiqladi. Bu haqda The Hindu nashri Afg‘oniston kriket kengashining (ACB) sobiq media menejeri Ibrohim Mohmandga asoslanib xabar bermoqda.

Afg‘oniston milliy televideniyasi IPLni odatdagidek ko‘rsatishdan bosh tortdi, chunki «Tolibon» harakati ushbu o‘yinni «islomga qarshi kontent» bilan to‘la deb hisoblaydi.

«Afg‘oniston milliy telekanali islomga qarshi kontent, qizlar raqsga tushishi va boshi ochiq ayollarning borligi sababli IPLni odatda ko‘rsatmaydi», — dedi Mohmand.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring