Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Qozog‘istondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi

«Tolibon» Qozog‘istondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi

«Tolibon» harakati Qozog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealarga rasmiy munosabat bildirib, hukumat va namoyishchilarni muzokaraga chaqirdi.

Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulqahhor Balxiyning Tvitterdagi sahifasida bayonot e’lon qilingan. 

«Afg‘oniston Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va yaqin qo‘shni va savdo sherigi sifatida u yerda voqealardan xavotirda», — deyiladi bayonotda.

«Tolibon» shuningdek, hukumat va namoyishchilarni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun muloqot o‘tkazish kerakligini aytgan. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring