«Tolibon» Afg‘onistonning 2 ta yirik shahrini ham zabt etdi
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning ikkita yirik shahri — Hirot va Qandahorni zabt etdi. Ular kattaligi bo‘yicha Kobuldan keyingi o‘rinlarda turadi.
Olti kun ichida guruh 11 ta viloyat markazini egallagan. AQSh razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, uch oy ichida Kobul ham «Tolibon»ga o‘tishi mumkin.
Bu orada AQSh va Buyuk Britaniya Kobuldagi elchixona xodimlarini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 3000 ta qo‘shimcha askar jo‘natishini e’lon qildi. Ammo evakuatsiya ishlariga qaramasdan, AQSh elchixonani yopishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston hukumatining zamonaviy qurollarga ega 300 ming kishilik armiyasi bor. Bu armiyani AQSh qo‘shinlari tayyorlab bergani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter