Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston prezidentining qarindoshlari onasi vafotidan keyin Sog‘liqni saqlash vazirini kaltaklashdi

Tojikiston prezidentining qarindoshlari onasi vafotidan keyin Sog‘liqni saqlash vazirini kaltaklashdi

Foto: «News.myseldon.com»

20-iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning singlisi Qurbonbibi Rahmonova 64 yoshida vafot etdi.

Respublika rahbari Emomali Rahmonning uchta jiyani rahbar va shifokorlarni, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirini do‘pposlashdi. Bu haqda «Centralasian.org»ga tayanib «NewTimes.kz» axborot agentligi xabar bermoqda.

Hodisa 20-iyul kuni prezidentning singlisi Qurbonbibi Rahmonovaning COVID-19 dan vafot etganidan keyin sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, 64 yoshli ayol Tojikiston prezidenti ijro etuvchi devoni huzuridagi tibbiyot markazida davolanayotgan bo‘lgan. Uning davolanishi uchun, manbalarga ko‘ra, Germaniya, Rossiya va O‘zbekistondan tajribali mutaxassislar taklif etilgan.

Ozodi radiosi xabariga ko‘ra, bemor o‘limidan ikki soat oldin xorijlik mutaxassislar tojikistonlik shifokorlarning davolash usuli noto‘g‘ri ekanligini aytishgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Jamoliddin Abdullozoda jag‘iga kuchli zarba berilishi natijasida jiddiy jarohatlandi, prezident apparati ijro huzuridagi tibbiyot markazi rahbari Xolmahmad Rahimzodaning boshi jarohatlandi, boshqa shifokorlar esa yengil shikastlanishgan.

Rasmiylar Sog‘liqni saqlash vazirining kaltaklanishi haqidagi ma’lumotga izoh berishmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbibi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring