Tojikiston maktablariga o‘qituvchilar yetishmayapti
Tojikiston maktablarida o‘qituvchilar yetishmovchiligi kuzatilmoqda — mamlakat ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda jurnalistlar bilan uchrashuvda shuni ma’lum qildi.
Ayni paytda Tojikistonda 2 670 nafar pedagog o‘rni vakant turibdi.
«Tojikiston maktablarida hozirda o‘qituvchilar yetishmovchiligi 2 670 nafarni tashkil etadi, bu 2023-o‘quv yili yakuni bo‘yicha ma’lumot, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan raqamlar o‘zgarishi mumkin», — dedi vazir.
Hozirda mamlakat maktablarida 120 ming nafardan ortiq o‘qituvchi ishlaydi, ularning 70 foizi — ayollar.
Vazir qo‘shimcha qilishicha, pedagogiga yo‘nalishidagi OTMlarning yuqori bosqichidagi 2 170 nafar talaba maktablarga vaqtincha ishga qabul qilingan.
O‘qituvchilarning maktabdan ketib qolishiga asosiy sabab — maoshning ozligi, Tojikistonda sharafli kasb egalarining oylik ish haqi o‘rtacha 1 200 dan 1 500 somoniygacha (140 dollargacha).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter