Tog‘li Qorabog‘da qancha odam halok bo‘ldi?
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi janglar oqibatida Tog‘li Qorabog‘ tinch aholisi o‘rtasida qurbonlar soni 40 nafardan oshdi. «Korrespondent» yozishicha, bu haqda 5-oktyabr kuni o‘tkazilgan brifingda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
«Qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan beri, xabarlarga ko‘ra, tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni 40 nafardan oshdi, har ikki tomondan 200 dan ziyod inson jarohatlar olgan», — deya bayonot bergan BMT vakili tomonlarni zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Dyujarrikning ta’kidlashicha, na Ozarbayjon, na Armaniston aholi uchun xalqaro yordam so‘rab murojaat qilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter