Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Titanik» qurbonlari va g‘oyib bo‘lgan «Titan» suv osti kemasi egasi o‘rtasida kutilmagan bog‘liqlik topildi

«Titanik» qurbonlari va g‘oyib bo‘lgan «Titan» suv osti kemasi egasi o‘rtasida kutilmagan bog‘liqlik topildi

Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan «Titan» suv osti kemasini boshqargan OceanGate asoschisi Stokton Rashning rafiqasi «Titanik» halokatida qurbon bo‘lgan magnat Isidor Shtraus va uning rafiqasi Idaning avlodi ekani ma’lum bo‘ldi.

The New York Times nashrining yozishicha, suv osti kemasi egasining rafiqasi Vendi Rash 1912 yilda layner bortida halok bo‘lgan badavlat shaxs — Shtraus va rafiqasining nevarasi bo‘lib chiqdi.

Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Shtraus va uning rafiqasi birinchi toifadagi yo‘lovchilar bo‘lgan. Halokatdan omon qolganlarning eslashicha, magnat qutqaruv qayig‘iga o‘tirishdan bosh tortgan, chunki ayollar va bolalar birinchi bo‘lib qutqarilishi kerak deb hisoblagan. Shuningdek, u bilan qirq yil birga yashagan Ida Strauss ham erini tashlab qutqaruv qayig‘iga o‘tirishgan bosh tortgan.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, bu epizod Jeyms Kemeronning (1997) «Titanik» dramasida ko‘rsatilgan. Nashr arxiviga ko‘ra, Shtrausning jasadi falokatdan taxminan ikki hafta o‘tib topilgan, uning rafiqasi jasadi esa topilmagan.

Vendi Rash Shtraus qizlaridan birining avlodi, u 1986 yilda OceanGate asoschisiga turmushga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, «Titan» suv osti kemasi «Titanik» vayronalari oldiga tushish chog‘ida g‘oyib bo‘lgan va OceanGate Expeditions kompaniyasiga tegishli kema bortida kompaniya asoschisi Stokton Rash, fransuz dengiz faxriysi Pol-Anri Narjeole, britaniyalik milliarder Hamish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning o‘g‘li Sulaymon bo‘lgan. Ular bir necha kundan buyon topilgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring