«Titanik» va «Avatar» filmlari prodyuseri vafot etdi
Amerikalik prodyuser Jon Landau 63 yoshida vafot etdi. Uning rejissyor Jeyms Kemeron bilan hamkorligi «Titanik» filmi uchun uchta «Oskar» nominatsiyasi va «Eng yaxshi film» mukofotiga sazovor bo‘lgandi.
Diney Entertainment hamraisi Alan Bergman uning vafot etganini e’lon qildi. «Jon g‘ayrioddiy iste’dod va ishtiyoqi bilan eng unutilmas voqealarni katta ekranga olib kelgan ko‘ruvchi edi. Uning kino sanoatiga qo‘shgan ulkan hissasi tarixda o‘chmas iz qoldirdi», deyiladi bayonotda.
Bayonotda o‘lim sababi oshkor etilmagan. Variety nashrining yozishicha, prodyuser saraton kasalligidan vafot etgan.
Jon Landau «Avatar» (2009), «Avatar: suv yo‘li» (2022) va «Titanik» (1997) filmlarini suratga oldi, ular tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan birinchi, uchinchi va to‘rtinchi filmdir. U, shuningdek, Dik Treysi (1990, uchta Oskar), Stiven Soderbergning «Solaris» (2002) va Robert Rodrigesning «Alita: Jang farishtasi» (2019) filmlarida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter