Tiramisu «otasi» vafot etdi
Italiya shimolidagi Trevizo shahrida butun dunyoga mashhur ko‘p qatlamli desert tiramisu «otasi» nomi bilan tanilgan restorator Ado Kampeol 94 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
«Trevizo o‘zining gastronomik tarixi yulduzidan ayrildi, endi u osmonlarda porlaydi», – deb yozdi Facebook Veneto viloyati prezidenti, avvalroq Trevizo provinsiyasini boshqargan va mashhur Alle Beccherie restorani xo‘jayini bilan yaxshi tanish bo‘lgan Luka Zaya.
Aynan shu restoranda 1970-yillarning boshlarida tiramisu shirinligi paydo bo‘lgan, unda maskarpone pishlog‘i, qahva, tovuq tuxumi, qand va savoyardi pechenesi mavjud. Kampeolning o‘zi bu retsept uning rafiqasi Alba va oshpaz Roberto Linguanottoning xatosi natijasida tug‘ilganini tan oldi. Shunga qaramay, shirinlik tezda butun Italiyada, keyin esa chet elda mashhurlikka erishdi.
Shirinlikning nomi italyan tilidan «meni yuqoriga torting» deb tarjima qilinadi. Ammo majoziy ma’noda «meni ko‘taring» degan ma’noni anglatadi. Bu mazali taomning tetiklashtiruvchi va oziqlantiruvchi xususiyatlari bilan izohlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter