Timsoh 14 yoshli qizni dugonalari ko‘z o‘ngida suv ostiga tortib ketdi
Indoneziyada do‘stlari bilan daryo oldiga borgan qizni timsoh halok qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Riau provinsiyasida yashovchi 14 yoshli Intan Mariya Sari boshqa bolalar bilan kir yuvish uchun daryoga boradi. Do‘stlarining aytishicha, u daryoda cho‘milishga qaror qiladi. Suvga sho‘ng‘ishi bilan bir necha soniya o‘tar o‘tmas, suvdan boshini chiqarib qichqira boshlaydi. Ammo do‘stlari ko‘z o‘ngida u yana suv ostiga g‘oyib bo‘ladi.
Qizning dugonalari kattalarni chaqirishga ketishadi. Politsiya zudlik bilan qidiruv ishlarini boshlaydi. Sarining jarohatlangan jasadi bir kundan keyin, hujum joyidan bir kilometr uzoqlikda topilgan.
«Uning tanasi burdalanmagan, ammo bel qismida timsoh tishlarining izlari bor edi», deydi huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati vakili.
Qizning o‘limidan keyin aholiga daryoda suzish taqiqlangan va qirg‘oqlarga ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan. Qotil timsoh hali topilmagan.
«Biz mahalliy aholiga daryolardan uzoqroq yurishini aytdik, chunki bu timsoh yana odamga hujum qilishi mumkin», dedi politsiya vakili.
Indoneziya hududida timsohlarning 14 turi mavjud, ular orasida katta va o‘ta xavfli taroqli timsohlar ham bor. Bu sudralib yuruvchilarning uzunligi besh metrdan ortiq bo‘lishi mumkin va ular chuchuk hamda sho‘r suvda yashashga qodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter