Tik Tok josuslik qilganini tan oldi
Tik Tok’ga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasida o‘tkazilgan ichki tergov ijtimoiy tarmoq xodimlari o‘z faoliyatini yoritayotgan jurnalistlarni josuslik qilish uchun akkaunt ma’lumotlaridan foydalanganini tasdiqladi, deb yozadi The New York Times..
ByteDance bosh maslahatchisi Erich Andersen xodimlarga elektron pochta orqali tashqi yuridik firma tomonidan o‘tkazilgan tergov natijalarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, yozda ByteDance xodimlarining xatti-harakatlarini monitoring qilish uchun mas’ul xodimlari ichki ma’lumotlar va kompaniya hujjatlarining sizib chiqishi manbalarini aniqlashga harakat qilishgan. Buning uchun ular BuzzFeed va Financial Times’dan bir qancha amerikalik jurnalistlarning IP-manzillariga kirib, ular Tik Tok’da kimdir bilan aloqada bo‘lganligini aniqlashga harakat qilishgan.
American Forbes nashrining ta’kidlashicha, yana ikki jurnalist ByteDance kuzatuvi nishoniga tushgan, biroq kompaniya bu jurnalistlar jabrlanmaganligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ByteDance kompaniyasining noqonuniy kuzatuvni tashkil qilgan to‘rt nafar xodimi ham ishdan bo‘shatilgan.
Tik Tok rahbariyati Xitoy hukumati bilan yaqin aloqadorlikda bir necha bor ayblangan. AQSh Kongressi rasmiylarga dasturni ish smartfonlariga yuklab olishni taqiqlamoqchi. Tegishli qonun loyihasi yaqin kunlarda ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter