Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibetda koronavirusni yuqtirgan yagona bemor tuzaldi

Tibetda koronavirusni yuqtirgan yagona bemor tuzaldi

Foto: «Yandex»

Tibetda yangi tipdagi koronavirusni yuqtirgan yagona bemor tuzaldi va chorshanba kuni shifoxonadan chiqdi, deya xabar berdi Xitoy Markaziy televideniyesi.

Chjan familiyali erkak Tibetda Uchinchi xalq shifoxonasida intensiv muolajani oldi. U chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:00 da shifoxonadan uyiga ketdi. Shu tariqa, Tibet koronavirusdan holi mamlakatdagi yagona hududga aylandi. U yerda kasallikni yuqtirish holati boshqa qayd etilmagan.

Chjan 24-yanvar kuni Uxan shahrining Uchan tumanidan Lxasaga poyezdda kelgan. 25-yanvar kuni u lohaslikni his qilgan va mahalliy shifoxonaga murojaat qilgan. U yerda u tibbiy nazorat ostiga olingan. 29-yanvar kuni unda koronavirus tashxisi tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring