Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texasda muhojirlarni qamashga ruxsat beriladi

Texasda muhojirlarni qamashga ruxsat beriladi

AQSh Oliy sudi Texas hukumatiga yaqinda qabul qilingan eng qattiq immigratsiya qonunlaridan birini amalga oshirishga ruxsat berdi.

Bu politsiyaga Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.

Oq uy qonunni konstitutsiyaga zid deb atadi.

AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tish allaqachon federal jinoyat hisoblanadi, ammo ishlar odatda fuqarolik qonunchiligiga binoan immigratsiya sudlarida ko‘riladi.

Texasdagi SB4 qonunining shu qadar bahsli bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, sudlar avvalroq alohida shtatlar emas, balki faqat federal hukumat mamlakatning immigratsiya qonunlarini qo‘llashi mumkin, degan qarorga kelgan.

SB4 mahalliy politsiyaga chegarani noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan har qanday odamni to‘xtatish va hibsga olish vakolatini beradi. Jazolar orasida qamoq yoki 2000 dollargacha jarima ham bor.

Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilinganidan keyin Texasga noqonuniy ravishda kirganlar uchun jazolar ancha qattiq bo‘ladi — 20 yilgacha qamoq jazosi!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring