Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terrorchilar Monako knyazi va Krishtianu Ronalduning sevimli kurortini vayronaga aylantirishdi (foto)

Terrorchilar Monako knyazi va Krishtianu Ronalduning sevimli kurortini vayronaga aylantirishdi (foto)

Foto: «The US Sun»

IShID terrorchilari bosqini oqibatida Vamizi orolidagi villa va mehmonxonalar xarobaga aylandi. Vamizi, ayniqsa, akvalangchilar uchun sevimli maskan edi. Bu haqda «7news» xabar berdi.

Mozambik qirg‘oqlari yaqinidagi Vamizi (yoki Amisa) oroli Kvirimbas arxipelagida joylashgan bo‘lib, arab qaroqchilari tomonidan XV-asrda ochilgan, keyinroq Portugaliya qo‘l ostiga o‘tgan.

Hozirgi kunda Vamizi xususiy mulk bo‘lib, eng boy va mashhur insonlar kelib dam olib ketadigan maskanga aylangan edi. Xususan, Monako knyazi Alber «asal oyi»ni shu yerda o‘tkazgan, Krishtianu Ronaldu, Nelson Mandela, Deniel Kreyg, Bono va boshqa ko‘plab taniqli insonlar bu yerda dam olishgan.

Biroq hozir Vamizi va boshqa kichik orollarni IShID jangarilari egallab olishgan. Ular bu yerlarni strategik muhim baza hisoblashmoqda, mahalliy aholi uylaridan quvib chiqarilgan, shinam villa va mehmonxonalar yoqib yuborilgan.

Vamizi terrorchilar bosqiniga qadar

 


Vamizi terrorchilar bosqinidan so‘ng 

Bungacha jangarilar Mozambikning materikdagi tabiiy gazga boy Kabu-Delgadu viloyatidagi strategik muhim port-shahar Mochiomba-de-Prayyani egallab olishgandi. Shuningdek, Tanzaniyaga tutash bu yerda dunyodagi eng yirik yoqut konlaridan biri joylashgan. Xabarlarga ko‘ra, terrorchilar hujumi oqibatida kamida bir yarim ming kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring