Yangi «MYu»: Kerrik jamoasi raqibiga imkon qoldirmadi
Yevropa chempionlar ligasining 5-tur o‘yinlari boshlandi. F guruhida «Vilyarreal» o‘z maydonida «Manchester Yunayted» jamoasini qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi.
Ole-Gunnar Sulsherning iste’fosidan so‘ng ko‘pchilik mankunianliklarning keyingi taqdiri haqida qayg‘ura boshlagandi. Ammo vaqtinchalik murabbiy Maykl Kerrik bugungi o‘yini bilan ushbu xavotirni havoga uchirdi.
Kerrik tanlagan strategiyaga ko‘ra «qizil iblislar» mutlaqo boshqacha o‘yin namoyish etishdi. Shuningdek, tarkibda ham sezilarli o‘zgarishlar qilingan edi. O‘yinda Ronaldu bitta gol va golli pas berdi, Sancho ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu orqali «MYu» guruhdan chiqish vazifasini uddaladi deyish mumkin. Oxirgi turda o‘z maydonida «Yang Boyz»ni qabul qiladi. «Vilyarreal»ni esa «Atalanta»ga qarshi og‘ir o‘yin kutib turibdi.
YeChL, F guruhi, 5-tur
Vilyarreal - Manchester Yunayted 0:2
Gollar: Ronaldu, 78 (0:1); Sancho, 90 (0:2)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter