Tereza Mey ertaga iste’foga chiqishi mumkin
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ertaga, 24-may kuni iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda «Times» gazetasi uning tarafdorlariga asoslanib xabar tarqatdi.
Kecha, 22-may kuni britan parlamentining vakillar palatasi yetakchisi Andrea Lidsom bosh vazir bilan «Brexit» masalasida kelisha olmagani uchun iste’foga chiqayotganini ma’lum qilgandi.
Gazeta xabariga ko‘ra, Mey tarafdorlari u ser Grem Breydi bilan uchrashganidan so‘ng iste’fosini ma’lum qilishini kutishmoqda.
«Brexit» masalasida deputatlar qo‘lloviga umid bog‘lagan bosh vazir Tereza Mey ularga bir nechta va’dalar bergandi va bu, uning fikricha, parlamentga iyun oyi boshida to‘rtincha marta taqdim etiladigan ushbu hujjatga qarshilarning qarashlarini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘ladi. Bosh vazir parlamentga ikkinchi marotaba referendum o‘tkazish hamda Yevropa ittifoqi bilan bo‘lg‘usi savdo munosabatlarini o‘rnatish borasida ovoz berishga imkoniyat yaratishga va’da qilgandi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter