Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tereza Mey: «Brexit»ni uddalay olmaganimdan juda afsusdaman»

Tereza Mey: «Brexit»ni uddalay olmaganimdan juda afsusdaman»

Foto: «Kommersant»

Tez orada iste’foga chiqishini e’lon qilgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatni Yevropa ittifoqidan chiqarib olishga ulgurmaganidan chuqur afsusda ekanini ta’kidladi.

«Brexit»ni amalga oshira olmaganimdan juda afsusdaman. Endi bu ish izdoshimning zimmasiga tushadi», — dedi Mey.

Tereza Mey ta’kidlashicha, britan hukumatining Qo‘shma Qirollikni Yevroittifoqdan chiqarib olishga uringan yangi rahbari turli nuqtai nazarlar bilan hisoblashishga, murosa ko‘chasini tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Siyosatchi xonimning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya uchun «Brexit»ning eng maqbul varianti — chiqayotgan eshikni qattiq yopmaslik, ya’ni hamkorlik aloqalarini imkon qadar saqlab qolishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring