Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» bo‘yicha Roskomnadzorga qarshi ilk da’vo arizasi berildi

«Telegram» bo‘yicha Roskomnadzorga qarshi ilk da’vo arizasi berildi

«Telegram» messenjeriga taqiq qo‘yilishi ortidan Roskomnadzorga qarshi ilk da’vo arizasi kelib tushdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.

Ko‘chmas mulklarga investitsiya jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi rossiyalik tadbirkor Aleksandr Vixaryov «Telegram» bloklanishi oqibatida ko‘rgan 5 million rubl miqdoridagi moddiy zararni qoplash maqsadida sudga da’vo arizasini kiritgan. Aniqlanishicha, messenjerga qo‘yilgan taqiq ortidan kompaniya mijozlaridan kompaniya platformasiga ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.

«Kompaniya 5 million rubl miqdorida zararga uchradi. Biz ushbu summani Rossiya moliya vazirligi hamda Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmatidan «Investori» foydasiga undirib berishingizni so‘raymiz», deyiladi arizada.

Hozircha bu «Telegram» messenjeri yuzasidan kelib tushgan ilk da’vo arizasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16-aprel kuni Roskomnadzor Moskvaning Taganskiy sudi qarori asosida «Telegram» messenjerini FSBga shifrlash kalitlarini berishdan bosh tortgani sababli bloklab qo‘yishni boshlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring