Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tbilisida to‘qqiz kishini garovga olgan shaxs talablarini ma’lum qildi

Tbilisida to‘qqiz kishini garovga olgan shaxs talablarini ma’lum qildi

Foto: «Radiosputnik.ria.ru»

Avvalroq Tbilisidagi tashkilotda to‘qqiz kishi garovga olingani haqida xabar bergandik. U bank foizlari va dorilarning narxini pasaytirishni talab qilmoqda.

Jinoyatchi ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan. «Formula» telekompaniyasi videoning bir qismini namoyish etgani. OAVning ta’kidlashicha, «talablar ro‘yxati uzun bo‘lgan va ijtimoiy masalalar ko‘tarilgan». Biroq Ichki ishlar vazirligi videoni to‘liq namoyish etishni taqiqlab qo‘ydi.

Gruziya IIV ma’lumotiga ko‘ra, bosqinchi qurollangan. Shu bilan birga, OAV guvohlarning so‘zlariga tayanib, hujum qiluvchilar besh kishi ekanligi va ular granatalar bilan qurollanganini yozishgan.

«Rustavi 2» garovga olingan ikki nafar kishi ozod etilganini ma’lum qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari «Bosqinchilik» va «Noqonuniy qurol olib yurish» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Politsiya hududni qurshab olgan, maxsus operatsiya amalga oshirilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring